O‘zbekiston | 11:14 / 15.12.2023
31929
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi maktab oshxonasida «dimavushka» tutatdi. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi 97-maktab o‘quvchilari maktab oshxonasida kuchli tutun chiqaruvchi moddani tutatgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar MMTB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi

Unga ko‘ra, 2023 yil 14 dekabr kuni soat 10:15 larda Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumta’lim maktabining oshxonasida 11-«A» sinf o‘quvchisi I.J. tanaffus vaqtida yonida bo‘lgan «dimavushka» nomli qo‘lbola yasalgan kuchli tutun chiqaruvchi moddani tutatganligi aniqlangan.

Bu hodisani shu maktabning 9-«V» sinf o‘quvchisi A.A. o‘zining uyali telefoni orqali videotasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan hamda tarqatgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid