O‘zbekiston | 23:16 / 18.12.2023
12197
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Moskvada MDH hukumatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishida qatnashdi

Unda MDH ko‘p tomonlama hamkorlik va madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Foto: cis.minsk.by

18 dekabr kuni Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hukumatlar rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Ozarboyjon bosh vaziri Ali Asadov, Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko, Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov, MDH Hukumat rahbarlari kengashi raisi, Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari Mher Grigoryan, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Xo‘jamirat Geldimiradov, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi. 

Uchrashuvda MDH ko‘p tomonlama hamkorlik va madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

MDH a’zo davlatlari Hukumat rahbarlarining madaniy-gumanitar hamkorlik istiqbollari to‘g‘risidagi bayonoti qabul qilindi. U mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish uchun bunday hamkorlikning yuksak salohiyatini e’tirof etadi, do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, davlatlar o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish istagini bildiradi, madaniy-gumanitar hamkorlikning asosiy maqsadlarini tasdiqlaydi. 

Hujjatda madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirishga ko‘maklashish, MDH davlatlarining madaniy an’analariga o‘zaro tushunish va o‘zaro hurmatni mustahkamlash, barcha davlatlarning manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olish, madaniy-gumanitar sohada davlatlararo hamkorlikning barcha ko‘lamini o‘zaro hamkorlik asosida shakllantirishga tayyorlik haqida so‘z boradi. 

Qirg‘iziston tomoni MDH raisi sifatida bayonot matnini BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga tarqatishi ko‘zda tutilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid