Janubiy Koreya poytaxti Seulning şimoli-ğarbiy qismida Paju şahri joylaşgan. Bu yer “Kitoblar şahri” nomi bilan maşhur. Yarim milliondan ortiq aholisi bor Pajuda odamlar kitob va kitob tayyorlaş bilan boğliq 900 turdagi biznes bilan şuğullanadi.

Şaharça şovqinli poytaxtdan tinçroq. Bu yerda havo tozalagiçlar ovozi kamroq va hayot oqimi sekinroq. 

Paju köpçilikka harbiy baza sifatida ma’lum bölişidan taşqari, koreyslarning kitob naşr qiliş makoni sifatida ham tanilgan. Şahar rasmiy ravişda “Naşr qiliş madaniyati va milliy sanoat boği”deyilsa ham, odamlar orasida “Kitob şahri” deb yuritiladi.

Şahar köçalari böylab kitob naşr qiliş, tarqatiş va dizaynçilik studiyalari kabi biznes markazlari qatorlaşib ketgan. “Paju kitoblar şahri” degan yozuvni esa hamma joyda öqiş mumkin.

1998 yilda hukumat millatni yangilaş kitoblarni köpaytiriş bilan böladi degan ğoyani ilgari suradi. Va Pajuda yirik naşriyotlar majmuasini oçadi.  Unda 250 ta naşriyot va 10 000 dan ortiq işçi işlaydi. Bu yerda naşrni rejalaştirişdan tortib bosib çiqariş va tarqatişgaça bölgan butun jarayonni qamrab oladi.

Paju kitob şahri

Hukumat hamma kitobçilarni bir joyga töplaş orqali mamlakat kitob madaniyatini saqlab, rivojlantirişga umid qilgan. Bugun Janubiy Koreyada kitoblar katta biznesga aylangan. Koreya naşriyotlar birlaşmasiga köra, 2022 yilda mamlakat böylab 115 milliondan köp kitob sotilgan.  

Kitob şahrining kitoblarni aks ettiruvçi san’at va madaniyati binolarda ham öz aksini topgan. Paju köça burçaklarida içimliklar içib, ötirib kitob öqiydigan ğaroyib joylar bor. Göyoki şaharda hamma narsa kitobga muhabbat uyğotiş uçun loyihalangan. Masalan, şahardagi Osiyo naşriyot madaniyati va ma’lumotlar markazi 5 ta majmuadan iborat. Bular – ta’limiy qulayliklar, tadbirlar, körgazmalar zali, mahalliy naşriyotçilar uçun ijtimoiy va professional markazlar. Bu yerga yiliga 10 000 ga yaqin kitobxon keladi.