
Ğarbiy Meksikadagi yirik-yirik örmonlar amerikaliklarning töymas iştahasi sabab yakson qilinyapti, deb yozadi The New York Times. Oltin qazib oliş, palma va çorvaçilik sabab Amazon va Borneo örmonlari qanday qisqargan bölsa, bu taqdir Meksika örmonlarida ham takrorlandi.
Meksika yomğir örmonlariga hujum
Katta maşinalar özlari bilan qurollangan odamlarni taşib kelib, ularni tumanlar qoplagan toğning tepasiga olib çiqdi. Birozdan keyin ular ketgan joydan olov körina boşladi va u butun örmon böylab osmonöpar daraxtlarni sekin-asta qamrab oldi. Olov örmonni kulga aylantirgandan keyin, maşinalar iziga qaytib ketdi. Bir paytlar qöziqorinlar ösgan yerlarda endi avokado köçatlari ösa boşladi.

Bu Ğarbiy Meksika örmonlarida qotillikning boşlanişi edi. Endi jinoiy tödalar yerni özlaştirişi, mahalliy rasmiylarni sotib olişi evaziga örmonlar örnini avokado boğlari egallaşi tobora köpayib boryapti. Hatto ba’zan egalaridan xususiy yerlarni noqonuniy tortib oliş ham uçraydi.

AQŞga avokado importining boşlanişi
AQŞ Meksikadan avokado import qilişni qariyb 40 yil oldin boşlagan. Şundan beri avokado iste’moli keskin oşgan. Bunga turli marketing kompaniyalarining avokadoning yurakka foydasi haqidagi reklamalari, avokado tosti, Kaliforniya rollari kabi taomlarga yil davomida oşayotgan talab sabab bölmoqda. Amerikaliklar hozir 20 yil oldingidan 3 barobar köp avokado iste’mol qilyapti. Mevani sanoat darajasida eksport uçun östiriş 1990-yillarga borib taqaladi.


















