Meksika prezidenti AQShdan importga bojlar joriy qilinishini istisno etmadi
Klaudiya Sheynbaum «birinchi navbatda, meksikaliklarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda» hozirgacha tariflarni o‘rnatmaganini aytdi. U «Meksika kompaniyalari va sanoatini himoya qilishni» xohlayotganini aytdi.

Klaudiya Sheynbaum Foto: Henry Romero / Reuters
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari kiritgan yig‘imlarga javoban Mexiko AQSh mahsulotlariga bojlar joriy etishi mumkinligini aytdi. «Biz buni istisno qilmaymiz, biroq biz muloqotni davom ettirishni ma’qul ko‘ramiz», dedi Sheynbaum 7 aprel, dushanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. «Albatta, biz Meksika sanoati va kompaniyalarini himoya qilmoqchimiz», — deya qo‘shimcha qildi u. Prezidentning ta’kidlashicha, u hozirgacha «birinchi navbatda meksikaliklarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda» Amerika importiga bojlar qo‘yishdan tiyilib kelgan, chunki bunday choralar Meksikada narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin.
Klaudiya Sheynbaum o‘z mamlakati shimoliy qo‘shnisi bilan hali ham kelishuvga erisha olishiga umid bildirdi. Meksika eksportining 80 foizi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. Donald Tramp fevral oyi boshida ushbu mamlakat, shuningdek, Kanadaning barcha tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etishini e’lon qildi. U bu qarorini qo‘shni davlatlar giyohvand moddalarning AQShga kirib kelishining oldini olish uchun yetarli choralar ko‘rmayotgani bilan izohladi.
Bojlarni joriy etish sanasi qoldirildi va ular 2 apreldan kuchga kirdi. Shu kuni Tramp 180 dan ortiq mamlakat va hududdan tovarlarga yangi import tariflarini e’lon qildi, biroq Kanada va Meksika ular orasida yo‘q edi. Bundan tashqari, Tramp qaroriga ko‘ra, avvalroq bu ikki davlatga joriy qilingan tariflar 2020 yilda AQSh, Meksika va Kanada o‘rtasida imzolangan erkin savdo kelishuvi doirasidagi tovarlarga ta’sir ko‘rsatmagan. Xususan, 25 foizlik Amerika import bojlari Meksika avtomobillari, po‘lat va alyuminiysiga tegishli.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi
Jamiyat | 12:43
-
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Chjye In poraxo‘rlikda ayblandi
Jahon | 12:36
-
25 aprel kuni havo harorati 35 darajagacha isiydi
O‘zbekiston | 12:32
-
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Iqtisodiyot | 12:24
Mavzuga oid

09:50
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

09:50
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu

18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi

14:20 / 23.04.2025