Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda gaz qazib olinadigan yangi quduq ochildi
Uning kunlik debiti 500 ming kub metr ekani ta’kidlanmoqda.
Buxoro viloyatining Olot tumani hududida joylashgan «O‘zbekneftgaz» tasarrufidagi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Tegirmon» gazkondensat konidagi 7-sonli qidiruv qudug‘i 2428 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, o‘tkazilgan sinovlar natijasida yuqori Yura davri karbonat yotqiziqlarining mahsuldor qatlamidan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Quduqning boshlang‘ich kunlik debiti 500 ming kub metrni tashkil etmoqda.
Hozirgi vaqtda ushbu quduqning mahsuldor qatlami bosimi, harorati va kon-geologik parametrlarini aniqlash hamda uning sanoat miqyosida ishlab chiqarish quvvatlarini baholash maqsadida, geologik-tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026