Jahon | 12:19 / 21.12.2023
8893
3 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiyaga ikki maqsadli tovarlar eksporti davom etmoqda

11 mamlakat kompaniyalari Rossiyaga qurol ishlab chiqarish uchun Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalari tomonidan qo‘llanadigan asbob-uskunalar va ikki maqsadli tovarlarni yetkazib beryapti.

Foto: The Insider

11 mamlakat kompaniyalari, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli kiritilgan sanksiyalarga qaramay, Rossiya Federatsiyasiga tanklar va boshqa qurollarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va ikki maqsadli tovarlarni eksport qilmoqda. Bu haqda The Insider 20 dekabr, chorshanba kuni chop etgan surishtiruvda aytiladi.

Ro‘yxatda Germaniyadan uchta kompaniya bor 

Xususan, Germaniyaning Olsbax shahrida (Baden-Vyurtemberg federal yeri) joylashgan, AQSh va Xitoyda shu’ba korxonalariga ega WTO Werkzeug-Einrichtungen GmbH asbob-uskunalar kompaniyasi tilga olingan. 40 yillik tarixga ega kompaniya Rossiya mudofaa korxonalarida ishlatiladigan stanoklar uchun ehtiyot qismlari yetkazib beradi. 

Surishtiruvda paydo bo‘lgan yana bir nemis kompaniyasi - Yyena shahridan (Tyuringiya federal yeri) Oxapa GmbH. 2022 yil noyabr oyida kompaniya Rossiyaning aviatsiya va harbiy texnika uchun optik-mexanik tizimlarini ishlab chiqaruvchi yetakchilardan biri bo‘lgan Ryazan shahridagi «Makrooptika» korxonasiga «Rostex» tuzilmalari, shuningdek, «FSB» va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda optik qayta ishlangan shishalarni yetkazib bergan. Oxapa GmbH egalari Belarusdan kelgan muhojirlar - Vladislav va Andrey Matusevichlar bo‘lishi mumkin.

Surishtiruvda nomi tilga olingan uchinchi nemis kompaniyasi - Rudi Gebel Gmbh & Co. Kg Bavariyaning Helmbrechs kichik shaharchasidan bo‘lib, u «Proton» AJga qarashli, Rossiyadagi yirik optoelektronika ishlab chiqaruvchi «Proton-Elektroteks»  Oryol firmasiga yarimo‘tkazgichli qurilmalarni yig‘ish uchun ehtiyot qismlar yetkazib beradi, uning hamkorlari esa Rossiya harbiy-sanoat majmuasining asosiy konsernlari hisoblanadi. 2023 yil 8 dekabrda «Proton» bosh direktori Vyacheslav Menshov «Maxsus harbiy operatsiyadagi yordam uchun» medalini olgan.

Dunyo bo‘ylab yetkazib beruvchilar

The Insider jurnalistlarining ma’lum qilishicha, Rossiyaga ikki maqsadli mahsulotlar Avstriya, Italiya, Latviya, Litva, Serbiya, AQSh, Finlandiya, Janubiy Koreya, Estoniya va Yaponiya kompaniyalari tomonidan ham yetkazib beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid