O‘zbekiston va Hindiston mudofaa sohasidagi aloqalarni rivojlantirmoqchi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Hindistonda amaliy safar bilan bo‘ldi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Hindiston Quruqlikdagi qo‘shinlarining Madhya-Pradesh shtatida joylashgan Piyodalar maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, mazkur maktab boshlig‘i general-leytenant Gajyendra Joshi bilan muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari, jumladan, Mudofaa vazirliklarining o‘zaro hamkorlik darajasi yuqori baholandi. Har yili birgalikda o‘tkazilayotgan "Do‘stlik" harbiy mashg‘ulotlari, qo‘shma ishchi guruhlari uchrashuvlari va boshqa tadbirlar harbiy sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirishga muhim hissa qo‘shayotgani qayd etildi.
Gajyendra Joshi Hindiston O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi kelishuvga binoan muntazam o‘zaro tashriflar, trening va tajriba almashish mashg‘ulotlarini amalga oshirish muhimligini urg‘uladi.
O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi davomida o‘zaro manfaatli qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
14:30 / 20.12.2024
O‘zbekistonning mudofaa va xavfsizlik sohasida kosmik suratlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
21:54 / 12.12.2024