Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oqqo‘rg‘onda 6000 ga yaqin xonadon va ulgurji iste’molchining gaz ta’minoti yaxshilandi
Shu kungacha Oqqo‘rg‘on tuman aholisiga tabiiy gaz “Bo‘ka” gaz taqsimlash stansiyasidan berilgan. 19 mingdan ortiq iste’molchisi bo‘lgan hudud uchun esa bu muammo edi. Havo sovib ketgan sharoitda bunga tezkor chora ko‘rish zarurati yuzaga keldi.
Energetika vazirligi topshirig‘iga ko‘ra, Oqqo‘rg‘onning "Sultonobod", "S.Tegizboyev", "S.Rahimov", "Qo‘rg‘oncha", "Birlik" va "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 5640 ta aholi xonadoni hamda hududdagi 147 ta ulgurji iste’molchi alohida tarmoqqa o‘tkazildi. Natija esa raqamlarda: gaz uzatish masofasi 16 kilometrga qisqargan, bosim esa ikki barobarga ortgan.
"Olimkent Avto Reys" Gsga qurib bitkazilgan yangi tarmoq o‘z vaqtida va muammoning to‘g‘ri yechimi bo‘ldi. Hudud iste’molchilarining qariyb 30 foizi alohida tarmoqqa o‘tkazilishi bilan markazdagi 7 mingga yaqin aholi xonadoniga gaz yetkazib berish yaxshilandi. "O‘ztransgaz" AJ iste’molchilarga gaz yetkazib berishda bu kabi choralarni davom ettiradi.

Mavzuga oid
14:31 / 25.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
15:08 / 21.06.2026
Bo‘rijar kanalida qurilgan mikro GESlar nega ishlamayapti?
09:45 / 17.03.2026