Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 25 dekabr kuni harorat 22 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 25 dekabr, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+6 daraja, kunduzi +17...+19 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +14...+19 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:47
6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:42 / 29.12.2025
Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – O‘zgidromet
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025