17:38 / 27.12.2023
94729

29 dekabr kuni O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

2023 yilning so‘nggi kunlari respublikada qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 29-31 dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. O‘zbekistonning aksariyat qismida 29 dekabr kuni yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 30–31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi +2...+7 daraja; 30–31 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, 30 dekabr kuni kunduzi +2...+7 daraja, 31 dekabr kuni kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 30–31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi +2...+7 daraja; 30–31 dekabr kunlari kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 30–31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi +5...+10 daraja; 30–31 dekabr kunlari kechasi –3...+2 daraja, 30 dekabr kuni kunduzi +3...+8 daraja, 31 dekabr kuni kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 30–31 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29–30 dekabr kunlarida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi +3...+8 daraja; 30 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja; 31 dekabrda kechasi –2...–7 daraja, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29–30 dekabr kunlarida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja; 30–31 dekabr kunlari kechasi –4...–9 daraja, 30 dekabr kuni kunduzi 0...+5 daraja, 31 dekabr kuni kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 30–31 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi 0...–5 daraja; 30–31 dekabr kunlari kechasi –7...–12 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top