Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon ikki fransuz diplomatini chiqarib yubordi
Ozarboyjon Fransiya elchixonasining ikki xodimini persona non grata deb e’lon qildi va ularga 48 soat ichida mamlakatni tark etish talabini qo‘ydi. Avvalroq Boku Parijni armanparast pozitsiyasi uchun tanqid qilgan edi.
Foto: Jan Woitas/dpa/picture alliance
Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi Fransiyaning Bokudagi elchixonasi ikki xodimini persona non grata deb e’lon qildi va ularga 48 soat ichida mamlakatni tark etishni buyurdi. Bu haqda 26 dekabr, seshanba kuni Ozarboyjon TIV saytida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, bu xodimlar «diplomatik maqomiga mos kelmaydigan faoliyat» bilan shug‘ullangan. Diplomatlarga qo‘yilgan ayblovlarning boshqa tafsilotlari keltirilmagan. Fransiyaning Ozarboyjondagi elchisi Ann Buyon mamlakat tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga qo‘l ostidagi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan norozilik notasi topshirilgan.
Aliyev Fransiyani armanparast pozitsiyada aybladi
Noyabr oyida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Fransiya hukumatini Armanistonni qurollantirish orqali Kavkazda yangi urush qo‘zg‘ashga urinishda ayblagan edi. Katta arman diasporasiga ega bo‘lgan Fransiya Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojarosida «armanparastlik» uchun muntazam ravishda Boku tomonidan tanqid qilinadi.
Ozarboyjon rasmiylarining fikricha, Parij BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi sifatidagi maqomini «o‘zining noxolis siyosatini olib borish uchun suiiste’mol qilmoqda, turli mintaqalarda geosiyosiy intrigalar bilan shug‘ullanmoqda va G‘arb tashkilotlaridan davlatlarga bosim vositasi sifatida foydalanishga harakat qilmoqda».
Mavzuga oid
10:10 / 29.01.2026
Fransiyada Grinch tankeriga nisbatan cheklov joriy etildi
08:52 / 27.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
09:32 / 26.01.2026
Rossiyaning “yashirin flot”ga mansub kema kapitani Fransiyada hibsga olindi
13:55 / 24.01.2026