Koreya Sirdaryodan mavsumiy ishchilarni jalb qilishni rejalashtiryapti
2025 yilda Sirdaryo viloyatidan mavsumiy ishchilarni Naju shahriga jalb qilish bo‘yicha o‘rganishlar olib boriladi.

Foto: Dunyo AA
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Bahodir Botirov boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari yakunlandi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Pyontek, Kvansangu va Naju shaharlari merlari, "Koreya–O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi", Hangyong, DHMT Global, Evervolution kompaniyalari, Chungnam-Markaziy Osiyo mintaqaviy innovatsion iste’dodlarni rivojlantirish markazi va Janubiy Koreya malaka oshirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda "Sonmun" va "Kvandju" universitetlari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi va tegishli hujjatlar imzolandi.
Kvansangu shahar meri Pak Byung Kyu ushbu shaharda 2800 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qilishi, ularning aksariyati sanoat, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va xizmat sohalarida faoliyat olib borishini ta’kidlab o‘tdi.
Tomonlar Guliston tumani va Kvansangu shahri o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda 2024 yilda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tadbirlar rejasini tuzish, jumladan, Pak Byung Kyuning Sirdaryo viloyatiga tashrifini amalga oshirish kabi kelishuvlarga erishdi.
Naju shahri meri Yun Byung Te bilan suhbat davomida shahar 2000 yillik tarixga egaligi va hozirgi kunga qadar dehqonchilikda o‘z o‘rniga ega ekanligi, jumladan, maxsus noklari dunyo bo‘ylab eksport qilinishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga Janubiy Koreya tomoni ma’lumotiga ko‘ra, mazkur shaharda yildan yilga mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Jumladan, 2023 yil 400 ga yaqin mavsumiy ishchilar jalb qilingan bo‘lsa, 2025 yilga borib 700 ga yaqin ishchilarga ehtiyoj sezilishi kutilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, 2025 yilda Sirdaryo viloyatidan ham mavsumiy ishchilarni Naju shahriga jalb qilish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilishi va tegishli vazirliklar orqali hamkorlik o‘rnatish masalalari kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon | 23:50 / 02.07.2025
-
Andijonda profilaktika inspektori pichoqlandi, Qo‘yliq yo‘lida megatirbandlik yuzaga keldi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:39 / 02.07.2025
-
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?
Jahon | 23:12 / 02.07.2025
-
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»
Jahon | 23:03 / 02.07.2025
Mavzuga oid

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:59 / 21.06.2025
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi

18:44 / 14.06.2025