Tadqiqot natijalariga köra, örganilgan baliqlarning 60,7 foizi organizmida plastik zarraçalari aniqlangan. Har bir baliqda örta hisobda 2,61 plastik zarraçasi bölib, bu qariyb 11,5 mikrogramm plastikka teng.
Aniqlangan zarraçalarning katta qismi (Qoradaryoda 89,7 foiz va Çirçiqda 93 foiz) juda ingiçka mikrotolalardan iborat.
Biologlar baliqlar organizmida plastikning 15 turini aniqladilar. Eng köp uçragan plastik polietilentereftalat, polipropilen va poliamid (PA) bölib, şuningdek, töqimaçilik sanoatida keng qöllaniladigan yarim sintetik viskoza tolalari ham topildi.
Mutaxassislarning qayd etişiça, plastik baliqlarga ikki xil zarar yetkazadi. Mexanik ta’sir natijasida qattiq tolalar hazm qiliş tizimi şilliq qavatini şikastlaydi, iştahani pasaytiradi va rivojlanişni sekinlaştiradi. Plastik tarkibidagi zaharli qöşimçalar va monomerlar orqali yetadigan kimyoviy ta’sir esa baliqlarning endokrin va immun tizimlari faoliyatini izdan çiqarişi mumkin.
Olimlar baliq turlari, jinsi yoki oziq zanjiridagi örni böyiça farqlarni topişmadi — plastik barça turdagi baliqlarda aniqlangan. Biroq bir qonuniyat tasdiqlandi: baliq qançalik yirik bölsa, uning organizmida plastik şunçalik köp töplanadi.











