Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yilda eng badavlat 500 kishining umumiy boyligi 1,5 trillion dollarga o‘sdi
Mask, Arno va Bezos eng badavlat odamlar reytingida mavqeini saqlab qoldi.
Sayyoramizning eng badavlat 500 nafar odamining umumiy boyligi 2023 yilda 1,5 trillion dollarga oshdi, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Bloomberg Billionaires reytingida yana birinchi o‘rinni egalladi.
Maskning boyligi bu yil Tesla aksiyalari qiymati 105 foizga oshgani (ikki barobar) evaziga 95,4 milliard dollarga ko‘payib, 232,4 milliard dollarga yetdi. Natijada, u bir yil davomida reytingda birinchi o‘rinni egallagan fransuz milliarderi Bernar Arnodan o‘zib ketdi.
Arno dunyodagi eng yirik hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton SA kompaniyasiga egalik qiladi. Jahon iqtisodiyotidagi umumiy tanazzul va hashamatli tovarlarga talabning pasayishi LVMH aksiyalari qiymatining o‘sishini cheklab qo‘ydi, kompaniya aksiyalari joriy yilda 8,4 foizga qimmatlashdi. Ayni paytda Maskning boyligi Arnonikidan 50 milliard dollarga ko‘proq.
Amazon asoschisi Jyeff Bezos bu yil boyligiga 70 milliard dollar qo‘shib, Arno bilan tenglashdi.
Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning boyligi 2023 yilda 140 milliard dollarga, Microsoft kompaniyasining sobiq bosh direktori Stiv Balmerniki 130 milliard dollarga oshdi. Bloomberg Billionaires reytingida Geyts va Balmer kuchli beshlikni yakunlab turibdi.
Dunyoning eng badavlat odamlari reytingining yuqori o‘ntaligida Mark Tsukerberg (AQSh, texnologiyalar, 130 mlrd), Larri Peyj (AQSh, texnologiyalar, 127 mlrd), Larri Ellison (AQSh, texnologiyalar, 124 mlrd), Sergey Brin (AQSh, texnologiyalar, 120 mlrd) va Uorren Baffet (AQSh, investitsiya, 120 mlrd) ham bor.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026