Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada kuchli zilzila. Tsunami xavfi e’lon qilindi
Yer silkinishi ortidan suv to‘lqini 5 metrga ko‘tarilishi mumkin, deya ogohlantirgan Yaponiya meteorologiya agentligi. Sohil bo‘yi va daryolar yaqinidagi hududlar aholisi evakuatsiya bo‘lishga chaqirilgan.
Yaponiyaning asosiy oroli bo‘lmish Honsyuning shimoliy-g‘arbiy sohillarida joylashgan Isikava prefekturasida zilzila ro‘y berdi, deb xabar bermoqda TV Asahi.
Zilzila epimarkazi Noto yarimorolida, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. Yer silkinishi 7,4 magnituda, undan keyin ro‘y bergan aftershoklardan eng kuchlisi 6,1 magnituda deb baholandi.
Mamlakatning butun shimoliy-g‘arbiy sohillari bo‘ylab sunami xavfi e’lon qilingan.

Hukumat to‘lqin balandligi 5 metrga yetishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Yaponiya meteorologiya agentligiga ko‘ra, sunami allaqachon sohil hududlarga yetib kelgan. Isikava prefekturasidagi Vadzima shahrida 1,2 m balandlikdagi to‘lqin qayd etilgan, Toyama shahrida (shu nomdagi prefektura markazi) — 80 sm, Niigata prefekturasidagi Kasivadzaki shahrida — 40 sm.
Sohil hududlarda yoki daryo bo‘ylarida yashovchi aholidan zudlik bilan evakuatsiya bo‘lish so‘ralgan. Yer silkinishlari tufayli «Sinkansen» temiryo‘lining uch liniyasida tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatilgan.
- Dekabr oyi o‘rtalarida Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida 6,2 magnitudali zilzila ro‘y bergandi. Yer silkinishi oqibatida o‘nlab uylar qulagan, yo‘llar, aloqa tarmoqlari va ichimlik suvi ta’minoti shikastlangan, 140 kishi halok bo‘lib, 1 ming atrofidagi kishi jarohatlangandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026