O‘zbekistonda madaniy tadbirlarning yangi loyihalari tasdiqlandi
Prezidentning «Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga va turistlarga madaniy xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish, iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda sohaga xususiy sektorni keng jalb etish maqsadida 2024–2025 yillarda respublikada o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi.
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2024–2025 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini o‘tkazish rejalari;
2024–2025 yillarda Madaniyat vazirligi tomonidan «Madaniyat karvoni» shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish rejasi.
2024 yil 1 apreldan boshlab «Madaniyat to‘lqinlari» media loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Tanlov doirasida jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va g‘oyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid
21:27 / 24.12.2024
“Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” – Ozodbek Nazarbekov
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
12:31 / 29.11.2024