Muzokaralar çoğida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari, jumladan, ikki mamlakat madaniy merosining öziga xosligi va boyligini ta’kidlaydigan qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Davlat kotibi örinbosari Gabor Çaba Özbekiston Vengriyaning madaniy hamkorlik sohasidagi ustuvor şerik sifatidagi alohida rolini ta’kidladi. U, şuningdek, Özbekiston madaniy merosini tarğib qiluvçi keng kölamli tadbirlarni taşkil etişga kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.

Muhim kelişuvlardan biri Vengriyada Özbekiston madaniyati kunlarining ötkazilişi böldi. Uşbu tadbir doirasida Vengriyadagi muzey, galereya va teatrlarda Özbekiston madaniyatiga bağişlangan badiiy körgazma va konsert dasturlari taşkil etiladi.

Tomonlar madaniy hamkorlik Özbekiston va Vengriya örtasidagi strategik şeriklikning muhim elementi ekanini ta’kidladilar. Muhokama qilingan barça loyihalar ikki davlat örtasidagi özaro anglaşuv va döstona munosabatlarni mustahkamlaşga xizmat qiluvçi madaniy almaşinuvni kengaytirişga bölgan intilişlarni ta’kidlaydi.