Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi
Sochi, Jidda va Istanbuldan Namanganga qo‘nishi kerak bo‘lgan reyslar boshqa muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.
Foto: Uzbekistan Airports
Noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Namangan xalqaro aeroportida havo kemalarining uchib kelishi va uchib ketishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sochi—Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY-9826 reysi soat 19:24 da Farg‘onadagi muqobil aerodromga qo‘ngan.
Flynas aviakompaniyasining Jidda—Namangan yo‘nalishidagi HY-651 reysi ham Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan. Samolyot poytaxt aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 20:10 da qo‘nishni amalga oshirgan.
Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbul—Namangan yo‘nalishidagi HH-578 reysi ham mahalliy vaqt bilan soat 21:28 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.
Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Uzbekistan Airways’ning Buxoro-Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyotida nosozlik yuz bergandi. Samolyot Vnukovo aeroportiga qo‘nayotganda uning dvigatelida nosozlik kuzatilgan. Shunga qaramasdan uchuvchilar samolyotni muvaffaqiyat bilan qo‘ndirishgan edi.
Mavzuga oid
16:14 / 12.01.2026
Oslo aeroporti dron sabab uchish-qo‘nish yo‘lagini vaqtincha yopdi
15:48 / 12.01.2026
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
09:31 / 08.01.2026
Noqulay ob-havo sabab qator aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
10:03 / 07.01.2026