O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kunida 2 mingga yaqin chaqaloq dunyoga keldi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 2024 yilning 1 yanvar kuni dunyoga kelgan jami go‘daklar sonini ma’lum qildi – 1859 nafar. Shundan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il.
Eng ko‘p chaqaloq Qashqadaryo viloyati (207 nafar) tug‘ildi.
Shuningdek, keyingi o‘rinlarda:
- Andijon viloyati — 201 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar);
- Samarqand viloyati — 196 (shu jumladan, yetti holatda ikki homilali egizaklar);
- Farg‘ona viloyati — 195 (shu jumladan, to‘rt holatda ikki homilali egizaklar);
- Surxondaryo viloyati — 185 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar hamda bir holatda uch homilali egizaklar);
- Namangan viloyatida – 178;
- Toshkent viloyati — 172;
- Toshkent shahri — 144 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar);
- Buxoro viloyati — 86 (shu jumladan, to‘rt holatda ikki homilali egizaklar);
- Jizzax viloyati — 78;
- Xorazm viloyati — 72;
- Qoraqalpog‘iston R. — 67 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar);
- Sirdaryo viloyati — 42 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar);
- Navoiy viloyati — 36 nafar (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar).
SSV matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, jami 22 ta egizakli tug‘uruqlardan 21 holatda ikki homilali egizaklar hamda Surxondaryo viloyatida bir holatda uch homilali egizaklar – (jami 45 nafar chaqaloq) dunyoga kelgan.
Ma’lumot uchun, 2018 yil xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda esa 2155 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda xalqaro sammit oldidan elektr ta’minoti tizimi qayta ta’mirlandi
O‘zbekiston | 17:00
-
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?
Jamiyat | 16:51
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
Mavzuga oid

09:45
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi

16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

10:35 / 20.03.2025
O‘zbekistonda qishloq joylarda tug‘ilish ko‘proq ekani ma’lum bo‘ldi

21:40 / 18.03.2025