Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Konstitutsiyaviy sudi Usmonovning yaxtadagi tintuvlarga qarshi da’vosini qabul qilmadi
Shikoyatning rad etilishi «protsessual asoslar» bilan izohlangan.
Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning yaxtadagi tintuvlarga qarshi da’vosini ko‘rib chiqish uchun qabul qilmadi. Shikoyatning rad etilishi «protsessual asoslar» bilan izohlangan, dedi advokatlar «Kommersant» nashriga.
«Janob Usmonovning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishining noqonuniyligi va Germaniyadagi aktivlar haqida ma’lumot taqdim etishni talab qiluvchi tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunning huquqiy asosga ega emasligiga shubhamiz yo‘q. Konstitutsiyaviy sudga berilgan da’vo shu bilan bog‘liq edi», deyiladi Gauweiler & Sauter yuridik firmasi materialida.
Hujjatda aytilishicha, Konstitutsiyaviy sud ayrim savollarga javob bermagan. Xususan, «davlatning siyosiy qarorlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan» shaxsning Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi inson huquqlariga zid emasmi degan savolga.
Advokatlarning aniqlik kiritishicha, ular afsusda bo‘lsalar ham, sud qarorini hurmat qilishadi. Ayni paytda, hujjatda qayd etilganidek, ular keyingi harakatlar variantini, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Avgust oyida ma’lum bo‘lishicha, Alisher Usmonov Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga Bremen portidagi «Dilbar» yaxtasida tintuv o‘tkazishni mulk daxlsizligining buzilishi deb hisoblagani uchun da’vo bilan murojaat qilgan edi. Tintuvlar tadbirkorga nisbatan jinoiy daromadlarni legallashtirishda gumon qilinayotgan ish bo‘yicha tergov doirasida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
15:47 / 16.03.2026