Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha uzoq masofali raketalarni Ukrainaga topshirishga chaqirdi
Polsha TIV rahbarining fikricha, g‘arb Rossiyaning Ukrainaga raketa hujumlariga javob berishi kerak. Radoslav Sikorskiy so‘zlariga ko‘ra, uzoq masofali raketalar Kiyevga Rossiya Federatsiyasidagi qo‘mondonlik markazlariga zarba berish imkonini yaratadi.
Foto: Global Look Press/Keystone Press Agency/Attila Husejnow
Rossiyaning Ukraina hududini oxirgi marta o‘qqa tutishiga javoban g‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi va uzoq masofali raketalarni Kiyevga topshirishi kerak. Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy 3 yanvar, chorshanba kuni Varshavada ma’lum qildi.
«Biz Ukrainaga qilingan so‘nggi hujumlarga Putin tushunadigan tilda javob berishimiz kerak – unga noqonuniy yo‘l bilan sotib olingan qismlardan foydalangan holda yangi qurollar yasashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sanksiyalarni kuchaytirish va Kiyevga raketa uchirish maydonchalari va qo‘mondonlik markazlarini yo‘q qilishga imkon beradigan uzoq masofali raketalar berish orqali», deb tushuntirdi Sikorskiy.
Bir kun oldin Rossiya yana Kiyev va Xarkivni raketa va uchuvchisiz uchoqlar bilan ommaviy bombardimon qildi, natijada kamida besh nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan voqealar fonida g‘arbga Ukrainaga harbiy yordamni oshirishga chaqiriqlar kuchaydi.
Mavzuga oid
22:48 / 25.02.2026
Birinchi Ukraina harbiy zavodi Buyuk Britaniyada ish boshladi - Zalujniy
19:11 / 25.02.2026
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh Ukrainada tinchlikni saqlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilishda betaraf qoldi
15:56 / 25.02.2026
2025 - urushdagi eng qonli yil: BBC va “Mediazona” hisoboti
15:12 / 25.02.2026