O‘zbekiston | 12:17 / 05.01.2024
6942
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi o‘zgaradi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan moliya‑xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Tijorat tashkilotlarini moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb e’tirof etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

  • olti oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab uch oy mobaynida bank hisobvaraqlarini ochmaganligi;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab uch oy mobaynida bank hisobvaraqlarini ochgan, biroq olti oy mobaynida:
  • moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
  • elektron hisobvaraq fakturalarni rasmiylashtirmaganligi;
  • fiskal modulga ega bo‘lgan onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa hamda marketpleys to‘lov tizimidan foydalanilmaganligi;
  • eksport va import operatsiyalarini amalga oshirilmaganligi.

Soliq xizmati organi tijorat banklaridan ma’lumot kelib tushgach va (yoki) nizom talablari bo‘yicha soliq organlarining markaziy ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar asosida uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotlari faollik holatini faoliyat ko‘rsatmayotgan holatga o‘zgartiradi va ushbu tashkilotlar to‘g‘risida tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat statistika organlarini xabardor qiladi.

Markaziy ma’lumotlar bazasida mavjud hamda boshqa organlar, muassasalar va tashkilotlardan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tijorat tashkilotining faoliyatini axborot tizimlari orqali tekshiruvdan oldingi tahlildan o‘tkazadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid