WSJ: Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib bermoqchi
Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Erondan qisqa masofali raketalarni sotib olish bo‘yicha muzokaralari olg‘a siljiyotganidan xavotirda, dedi amerikalik amaldorlardan biri The Wall Street Journal nashriga.
Rossiya Erondan qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalarni sotib olishni rejalashtirmoqda, bu Moskvaning Ukraina infratuzilmasiga yanada zarar yetkazish imkoniyatlarini kengaytiradi, deb yozadi 4 yanvar, payshanba kuni Amerikaning The The Wall Street Journal gazetasi AQSh ma’muriyatidagi o‘z manbalariga tayanib. Nashr yozishicha, raketalar bahordayoq yetkazilishi mumkin. «Qo‘shma Shtatlar Erondan qisqa masofali raketalarni sotib olish bo‘yicha Rossiya muzokaralari oldinga siljishidan xavotirda», dedi rasmiylardan biri WSJ'ga. Bundan tashqari, «so‘nggi haftalarda Moskva Shimoliy Koreyadan ballistik raketalarni qabul qila boshladi», deb yozadi nashr.
Rossiya va Eron o‘rtasidagi harbiy hamkorlik davom etmoqda
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Tehron bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish niyati o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya delegatsiyasi qurol-yarog‘ bilan tanishish uchun Eron poligoniga tashrif buyurganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Avvalroq OAV Rossiya va Eron o‘rtasidagi harbiy hamkorlik haqida, xususan, Eron Kremlga Shahed-136 kamikadze-dronlari yetkazib berayotgani haqida yozgan edi. Moskva va Tehron bu ma’lumotni rad etdi.
Shu tariqa, Eron Rossiyaga «yer-yer» raketalari hamda qo‘shimcha dronlar partiyasini yetkazishga va’da berdi, deb xabar qilgan Reuters 2022 yil 18 oktyabrda ikki Eron rasmiysi va ikki Eron diplomatiga tayanib. Rossiya tomoni «ayniqsa Fateh va Zolfaghar toifasidagi ko‘proq uchuvchisiz uchoqlar va Eron ballistik raketalarini so‘ragan», dedi diplomatlardan biri.
Vaziyatdan xabardor g‘arb rasmiysi Tehron va Moskva o‘rtasida 300-700 km masofadagi nishonlarni urib tushirishga qodir qisqa masofali «yer-yer» ballistik raketalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv borligini tasdiqladi.
AQSh Eronga nisbatan ritorikani kuchaytirmoqda
AQSh Yamanning husiychilar guruhi - «Ansor Alloh» tomonidan Qizil dengizdagi kemalarga hujumlar uyushtirilgani munosabati bilan Eronga nisbatan o‘z pozitsiyasini kuchaytirdi. «Biz bilamizki, Qizil dengizdagi savdo kemalariga qarshi operatsiyalarni rejalashtirishda Eronning roli katta bo‘lgan», deya ma’lum qildi dekabr oyi oxirida AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Edriyenn Uotson AQSh razvedka ma’lumotlariga tayanib.
Uotsonning ta’kidlashicha, Tehron husiychilarga dronlar, raketalar hamda ushbu hujumlarni rejalashtirish va amalga oshirish uchun muhim razvedka ma’lumotlarini, jumladan Eronning dengiz kuzatuv tizimidan olingan axborotni taqdim etgan. Vizual tahlil shuni ko‘rsatadiki, husiychilar tomonidan uchirilgan raketalar va dronlar Eronning o‘zida ishlatilganidan farq qilmaydi.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024