Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs 24 ming dollar bilan ushlandi
Hududlarda chet davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Xabarga ko‘ra, unda fuqaro F.T. fuqarolar T.X. va M.N.ni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga ularning jami 24 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Bundan tashqari, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.E. fuqaro D.Sh.ni Turkiya davlati orqali Angliyaga davlatiga mavsumiy ishga yuborishi evaziga 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026