Davlat bog‘chalarida ayrim tarbiyalanuvchilar uchun oziq-ovqat xarajati to‘liq davlat budjetidan qoplanadi
Prezident farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasining 2024 yilgi davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida ayrim farmonlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Prezidentning «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga qo‘shimcha sifatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badalidan ozod qilingan tarbiyalanuvchilar uchun oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat budjetidan qoplanishi belgilandi.
Prezidentning «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, 2030 yil 1 yanvargacha maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha ijtimoiy soliq stavkasi (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari bundan mustasno) 1 foiz miqdorida belgilandi.
Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklarining taklifiga ko‘ra tuman (shahar) xalq deputatlari kengashlarining qarorlari asosida tumanlar (shaharlar) budjetlarida shakllantirilgan qo‘shimcha manbalar hisobiga daraxt va butalarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish chora-tadbirlariga mablag‘lar ajratilmoqda. Prezidentning «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartirish kiritildi. Ilgari ushbu tadbirlar uchun mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalaridan 2 foizgacha mablag‘ ajratilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
21:32 / 20.01.2025
230 ta tug‘ruqxona uchun 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi
20:32 / 20.01.2025
Prezident barcha idoralarda moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilishga chaqirdi
18:04 / 07.01.2025
Poytaxt budjeti tasdiqlandi – asosiy ko‘rsatkichlar
18:05 / 03.01.2025