Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Ukrainada 10 200 dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘ldi
Ukrainadagi urushning qariyb ikki yili davomida mamlakatda 10 200 dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘ldi, deb xabar qildi jahon tashkiloti. Birgina dekabr oyi oxiridan beri Rossiya havo hujumlarida 125 nafar tinch aholi halok bo‘ldi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning fevralida Rossiya hujumi boshlanganidan beri Ukrainada 10 200 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan. 2023 yil dekabr oyi oxirida Rossiya havo hujumlari kuchayganidan buyon Ukraina bo‘ylab 125 nafar tinch aholi halok bo‘ldi va 550 dan ortiq tinch aholi yaralandi, dedi 10 yanvar, chorshanba kuni BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (GMMB) direktori Edem Vosornu Nyu-Yorkda.
Vosornu, BMT Xavfsizlik kengashining Ukrainadagi urushga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida, shuningdek, so‘nggi ikki yillik urush davomida 19 300 dan ortiq tinch aholi jarohatlanganini va Rossiyaning so‘nggi qator havo hujumlari uylar, maktablar, shifoxonalar, elektr ta’minoti va boshqa muhim fuqarolik infratuzilmasining keng miqyosda vayron bo‘lishiga sabab bo‘lganini aytdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ukrainadagi urush qurbonlarining haqiqiy soni hujjatlashtirilganidan ancha yuqori ekanligini doimo ta’kidlab keladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 6,3 millionga yaqin ukrainalik boshqa davlatlarga qochib o‘tgan. Ularning aksariyati – 5,9 millionga yaqini Yevropa davlatlarida istiqomat qilyapti. Ukrainaning o‘zida yana 3,7 million kishi ko‘chirilgan.
Mavzuga oid
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:16 / 24.06.2026
Rossiya propagandasi Voronejga zarbani e’tiborsiz qoldirdi
20:13 / 24.06.2026