Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar aytildi
Respublikaning qaysi hududlarida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Respublikada 2023 yilning 1 dekabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtirokida 13 353 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning hududlar kesimidagi soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 8 446 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni mos ravishda 1 554 ta va 562 ta bo‘lgan Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Farg‘ona viloyatida – 491 ta;
- Surxondaryo viloyatida – 356 ta;
- Buxoro viloyatida – 338 ta;
- Andijon viloyatida – 312 ta;
- Namangan viloyatida – 232 ta;
- Navoiy viloyatida – 211 ta;
- Sirdaryo viloyatida – 203 ta;
- Jizzax viloyatida – 179 ta;
- Qashqadaryo viloyatida – 168 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 165 ta;
- Xorazm viloyatida – 136 ta.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026