Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Chexiya bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi
O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va Chexiya elchisi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Chexiya elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Chexiya kun tartibining dolzarb jihatlari, shuningdek, yaqin kelajakda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Mashinasozlikdan muqobil energetikagacha bo‘lgan qator yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga alohida urg‘u bergan holda iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va turistik almashinuvini oshirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026