O‘zbekiston | 10:57 / 13.01.2024
18831
4 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 15-17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi -10...-15 daraja, kunduzi -3...-8 daraja, 16 yanvarda kechasi -8...-13 daraja, kunduzi -0...-5 daraja, 17 yanvarda kechasi -8...-13 daraja, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16-17 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2...-7 daraja, kunduzi 15 yanvarda +0...+5 daraja, 16 yanvarda +5...+10 daraja, 17 yanvarda +7...+12 daraja bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 15 yanvarda kechasi -10...-15 daraja, kunduzi -3...-8 daraja, 16 yanvarda kechasi -8...-13 daraja, kunduzi -0...-5 daraja, 17 yanvarda kechasi -8...-13 daraja, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 17 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 yanvarda kechasi va kunduzi +0...+5 daraja, 16 yanvarda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 17 yanvarda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16-17 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 16 yanvarda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +7...+12 daraja, 17 yanvarda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 17 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 yanvarda kechasi va kunduzi +2...+7 daraja, 16 yanvarda kechasi va kunduzi +0...+5 daraja, 17 yanvarda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 17 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 yanvarda kechasi va kunduzi -0...-5 daraja, 16-17 yanvarda kechasi -2...-7 daraja, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid