O‘zbekiston | 08:55 / 15.01.2024
1021
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Bahrayn bo‘lajak siyosiy maslahatlashuvlar jadvalini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va Bahrayn TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida bo‘lajak siyosiy maslahatlashuvlar jadvali va kun tartibini muhokama qildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani bilan telefon orqali muloqot qildi.

«Hamkasbim, Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani janoblari bilan telefon orqali samimiy muloqot qildik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Bo‘lajak siyosiy maslahatlashuvlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida barcha sohalarda mustahkamlanib borayotgan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklarining birgalikdagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Mavzuga oid