Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Bahrayn talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik jadallashtiriladi.
Manama shahrida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi hamda Ko‘rfaz mintaqasining eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Bahrayn universiteti rahbariyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, tarjima sohasida hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni jadallashtirishga qaratilgan anglashuv memorandumi bandlarini ko‘rib chiqdilar va uni kelgusida imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
13:12 / 09.03.2026
Bahrayndagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi
10:51 / 02.03.2026
Iordaniya va Bahraynda bo‘lgan fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berildi
18:16 / 31.10.2025