TIV ma’lumotiga köra, Slovakiya delegatsiyasiga taşqi va Yevropa işlari vazirligi davlat kotibi Marek Eştok va Özbekiston delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri örinbosari Muzaffar Madrahimov boşçilik qildi.
Muzokara davomida Özbekiston va Slovakiya örtasidagi munosabatlarning bugungi holati va uni turli sohalarda yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalar, şuningdek, xalqaro taşkilotlar doirasida hamkorlikni rivojlantirişga qaratildi.
Tomonlar oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama siyosiy muloqotni yanada mustahkamlaş muhimligini qayd etdilar. Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Turli darajadagi taşriflar almaşinuvini birgalikda taşkil etiş va ikki tomonlama munosabatlarning şartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Tomonlar siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi davrasini 2026 yilda Bratislavada ötkazişga kelişib oldilar.

















