“Orban Yevrokengaş rahbariga aylansa, ittifoqni sinovli davr kutadi” - ekspertlar
|16:25 / 18.01.202411 81310 min
Yevropa Kengaşi prezidenti Şarl Mişel Yevropa Ittifoqi deputatligiga saylaniş uçun kengaş rahbarligidan erta ketişini e’lon qildi. Natijada, agar yaqin oylarda uning örniga yangi nomzod topib tasdiqlanmasa, YeK raisi vakolatlari Vengriya boş vaziri Viktor Orbanga ötadi. Çunki 2024 yil iyul–dekabr oylarida kengaşga raislik navbati Vengriyada böladi.
“Geosiyosat” bu holatni şarhlab beriş uçun siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Jahongir Akramovni taklif qildi.
— Yevropa Ittifoqi Kengaşi rahbari qanday vakolatlarga ega?
Kamoliddin Rabbimov: — YeIda muhim organlar bor. Birinçisi, YeIga kiruvçi barça davlatlar rahbarlaridan iborat Yevropa Kengaşi. Ikkinçisi – YeIning ijro hokimiyati bölmiş Yevrokomissiya. Uçinçisi – Yevropa parlamenti.
Yevropa kengaşi nizomiga köra, har bir a’zo davlat 6 oy davomida bu kengaşga raislik qiladi, ya’ni bir yilda ikkita davlat rais böladi. 2024 yilning ikkinçi yarmida raislik navbati Vengriyaga keladi. Raisning vazifasi dolzarb masalalarda kengaş majlisini çaqiradi, kun tartibini belgilaydi, lekin qaror qabul qiliş konsensus asosida, ya’ni hammaning roziligi bilan böladi.
Jahongir Akramov: — 2009 yildagi Lissabon kelişuviga köra, Yevropa Kengaşining prezidenti lavozimi joriy etilgandi. Bu lavozim egasi 2,5 yilga saylanadi, Şarl Mişel ikkinçi marta ham saylangandi. Uning asosiy vazifalaridan biri – ittifoqdagi konsensusni, birdamlikni ta’minlaş. Şarl Mişelning ikkinçi raislik muddati 2024 yil noyabr oyida yakunlanar edi.
Yevropa Kengaşi yiliga kamida 2 marta yiğiladi, favqulodda holatlarda 4 martagaça yiğilgan. Asosiy vazifalar – birlikni ta’minlaş, Yevroparlamentga hisobot beriş, yirik siyosiy qarorlar qabul qiliş böladi. Misol uçun, Ukrainaga 50 mlrd dollar mablağ ajratiş kabi takliflarni ham beroladi. Şu ma’noda yirik siyosiy vakolatlarga ega.
Kamoliddin Rabbimov: — Şarl Mişel öz şaxsiy manfaatlarini YeI manfaatlaridan ustun qöygani uçun tanqidlarga uçradi. Vakolatidan ertaroq ketib, Yevroparlamentga saylovlarda qatnaşmoqçi.
Jahongir Akramov: — Kamoliddin aka aytgandek, u özining siyosiy karerasini öylab, vakolatini ertaroq tugatdi. Uning partiyasida imkoniyat katta bölib turibdi, hatto Yevroparlament raisi bölişi ehtimoli ham bor.
Mavzuga oid
— Viktor Orbanning ehtimoliy raisligi Yevropa Ittifoqining Ukraina böyiça qarorlariga qanday ta’sir körsatadi?
Kamoliddin Rabbimov: — Ekspertlar Viktor Orbanni Putinning Yevropadagi quroli deb ataydi. 2009 yilga qadar Viktor Orban Putin hukumatiga nisbatan tanqidiy qaraşdagi siyosatçi edi. Öşa yili Rossiyaga kelib, “Yagona Rossiya” partiyasi yiğilişida iştirok etgaç, uning pozitsiyasi özgara boşlagani aytiladi.
YeIda heç bir a’zo davlatning ovozini inkor etib bölmaydi, qaysidir davlat veto qöysa, öşa qaror qabul qilinmaydi, YeIning ta’sis hujjatlariga köra şunday. 27 ta davlatning barçasi rozilik bildirsagina qaror qabul qilinadi. Aynan Ukrainaga berilişi kerak bölgan 50 mlrd dollar Viktor Orban vetosi tufayli töxtatildi.
Viktor Orban yevroskeptik siyosatçi sifatida köriladi. Lekin Yevroittifoq unga nisbatan heç narsa qilolmaydi, çunki u demokratik yöl bilan saylangan. Vengriyada söz erkinligi, demokratiya bor. Şu sababli YeI uni xalq irodasi sifatida qabul qiladi va kelişişga harakat qiladi.
Ammo Rossiya, Ukraina masalalarida kelişib bölmayapti. YeIdagi Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni çetlab ötayotgan yagona davlat – Vengriya. Qolaversa, Putin Orban bilan yaxşi munosatda bölgani uçun Vengriyaga qulay narxlarda gaz va boşqa mahsulotlarni berib kelyapti.
Orbanning Yevropa kengaşi raisi bölişi 6 oyga bölsa ham uning vakolatini yanada kuçaytiradi. Qaysi masalani kun tartibiga qöyişni u belgilaydi.
Jahongir Akramov: — Viktor Orban boşqaruvidagi Vengriyani Bonapardçi respublika deb ataş ham keng tus olgandi. Ya’ni uning tafakkurida butun vengerlar yeri ularga tegişli degan qaraş bor. Şuning uçun ham öziga öxşaş davlatlarga öxşaşlikni köriş mumkin.
Viktor Orban 1998 yilda Yevropa xalq partiyasining vitse-prezidenti bölganidan beri şu siyosatni davom ettiradi. Bunday rahbarlarga içki legitimlikni saqlaş muhim, buning uçun esa ğalabalar kerak. Uning özi ham men YeIni tark etmoqçi emasman, balki uni egallamoqçiman, degandi, ya’ni siyosiy-mafkuraviy jihatdan. Umuman, uning taşqi va içki siyosati öng konservativ xarakterga ega.
— Viktor Orban Vengriya manfaatlari evaziga Ukrainaga yordam masalasida savdolaşişi mumkinmi?
Kamoliddin Rabbimov: — Bu demokratiyaning fundamental qoidalaridan biri. Ğarb demokratiyasi siyosiy savdolaşuvga asoslangan. AQŞ, Yevropadagi demokratik jarayonlarda siyosiy kuçlarning savdolaşuvi odatiy hol. Viktor Orban ham doimiy ravişda Erdöğanga öxşab savdolaşişni yaxşi köradi.
Vengriyaga berilişi kerak bölgan taxminan 20 mlrd yevro muzlatilgan edi. YeI tomonidan Ukrainaning ittifoq tarkibiga qöşilişi va Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratiş masalalari körildi. Ukrainani qöşiş masalasi körilayotganda Viktor Orban zaldan çiqib ketdi. Pul ajratiş masalasi körilayotganda zalga qaytdi va veto qöydi. U Vengriyaga berilişi kerak bölgan 20 mlrd yevro berilgani yöq, nega Ukrainaga berilişi kerak, degan fikrni beryapti. Şuning uçun ham Zelenskiy Orban bilan alohida körişib, munosabatlarni yaxşilamoqçi, ammo Orban bunga şoşilmayapti.
Turkiy davlatlar taşkilotida Vengriya kuzatuvçi sifatida qatnaşadi. Viktor Orban millatçi sifatida aytadiki, biz tarixan turkiymiz, garçi xristianlikni qabul qilgan bölsak-da, deydi. Bir tomondan Rossiya, Turkiya, umuman turkiy davlatlar bilan yaxşi munosabatda, ammo doim Isroilni qöllab ovoz beradi. Mana şunday qiziq holat mavjud.
Jahongir Akramov: — Viktor Orban pragmatik siyosatçi ekanini ham ta’kidlaş kerak. Şu sababli Vengriya manfaatlariga köra harakat qiladi. Ukrainaga pul ajratiş masalasida Vengriya bilan kelişişga harakat bölyapti, ya’ni veto qöyiş huquqini saqlagan holda pul ajratiş (ajratilgan pulni nazorat qilgan holda).
Ukraina masalasida Orban ukrainalik vengerlarni himoya qilişi mumkin, şunda uning içki legitimligi ham oşadi, ammo bu boşqa tomondan Ukraina suverenitetiga tahdid sifatida qabul qilişi mumkin. Şu boisdan ham bu kuraş davom etadi, ya’ni Ukraina masalasi, Rossiya masalasi, milliy ozçilik huquqlari kabilar yaqin 10 yillikda bu davom etadi deb öylayman.
Kamoliddin Rabbimov: — YeI bunday qilmaydi. Almaştiriş uyoqda tursin, bu masala kötarilişi bilanoq YeIdagi siyosiy parokandalik kuçayib ketadi. Vengriya hukumati qanday bölsa ham, YeI 6 oy çidaşga majbur va vaziyatni kuzatadi. Yuqorida aytilgandek, Orban – pragmatik siyosatçi, u bilan kelişiş mumkin, faqat ma’lum bir narxi bor. Agar YeI bu borada kelişuvga erişsa, Vengriya hukumati ham raislik davrini qoniqarli ötkazişga urinadi.
Viktor Orban doim ham veto işlatmaydi. Vengriya – NATOning ham a’zosi. Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga qöşilişi borasida Turkiya veto köyganda Vengriya indamay turdi, lekin Turkiya vetosini olganidan keyin Vengriya bizning e’tirozimiz bor, deb çiqdi. Umuman, Orban hukumati siyosiy savdolaşişni yaxşi köradi.
Jahongir Akramov: — Vengriyaning raislik davri öziga yaraşa sinovli davr böladi. Agar raislik boşqaga berilsa, yevroskeptitsizm kuçayişi va nisbatan kiçik davlatlarning şubhalanişi kuçayişiga, birdamlikka ta’sir qiladi. Şuning uçun ham raislik olinişiga şaxsan men işonmayman.
Ammo bu yerda Şarl Mişel ketsa, örniga prezident saylaş masalasi çiqadi. Mutaxassislar fikriça, bir paytlar YeI taşqi işlar böyiça vakili bölgan Federika Mogerini xonim kelişi ham mumkin. Şarl Mişel örnini Orban egallaşiga köpçilik işonmaydi. Ammo xalqaro munosabatlarda kutilmagan holatlar ham bölib turibdi.
Kamoliddin Rabbimov: — Yuqoridagi masalalarga aniqlik kiritib ketişimiz kerak. 6 oy bir davlat raislik qiladi, ammo 2,5 yilga saylanadigan Yevropa kengaşi ijroçi raisi ham bor, hozir Şarl Mişel şu lavozimda. U Yevroparlamentga saylaniş uçun muddatidan oldin iste’fo beryapti. Ayni öşa vaqtda Vengriyaning raislik davri bölgani uçun Orban kengaş rahbari vazifasini ham vaqtinça bajaruvçi bölişi mumkin. Agar Şarl Mişel örniga boşqa nomzod kelsa, Vengriya faqat özining 6 oylik davrida raislik qiladi.
Jahongir Akramov: — 6 oylik raislik juda muhim lavozim ham emas, boşqalari bilan soliştirganda. YeI nomidan bayonotlar beriş, gapirişga asosan Yevropa kengaşi va Yevrokomissiya prezidentlari haqli böladi. Şuning uçun ham Şarl Mişel örniga kim kelişi muhimroq.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi