Eron AQSh bilan to‘qnashadimi? Ekspertlar fikri
Isroil birinchi bo‘lib to‘xtashi dargumon, shunday ekan, Tehronning oldida hozir vaziyatdan chiqish uchun qanday yo‘llar bor? Kun.uz studiyasida Isroil–Eron urushining beshinchi kunidan keyingi vaziyat yuzasidan savollarga siyosiy tahlilchilar jonli efirda javob berishadi.

Eron agar AQSh tomonidan hujum bo‘lsa, harbiy javob berilishini aytmoqda. Shuni bila turib, arab davlatlari o‘z hududidagi AQSh harbiy bazalaridan Eronga zarba uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘yishi mumkinmi?
Kamoliddin Rabbimov: Oxirgi bir necha yil ichida mintaqadagi geosiyosiy ohang o‘zgarib boshlagan edi. Bir necha yil oldin Eron bilan Saudiya Pekinda yarashdi.1979 yildan keyin, taxminan 40 yil mobaynida Eron va Saudiya o‘rtasidagi yashirincha va oshkora strategik tirashuv mintaqadagi asosiy masala edi. Lekin Saudiya ham shu narsani tushundiki, kollektiv g‘arb, avvalo Isroil davlati musulmon davlatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va gijgijlash orqali ularni muttasil zaiflashtirib keldi. Saudiya Arabistoni yillar mobaynida Eron bilan tirashuv uchun juda ham katta resurs sarfladi. Lekin keyingi 2 yilda aloqalar ilib, o‘zaro elchixonalar qayta ochildi. Isroil bilan hozirgi to‘qnashuvlar fonida Saudiya va Eron tashqi ishlar vazirlari telefon suhbati o‘tkazdi, ya’ni munosabatlar ancha-muncha o‘zgargan.
Odatda harbiy bazalardan foydalanish shartlari davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlarda to‘liq belgilangan bo‘ladi. Nazarimda, har safar hukumatlardan ruxsat so‘rab o‘tirilmaydi.
Turkiyaning rasmiy pozitsiyasi Isroilga qarshi va albatta Eron tomonda. Lekin ayni paytda Turkiyaning ichkarisidagi harbiy bazalar to‘laqonli NATOning nazoratida va doimiy tartibda ishlayapti. Bu degani Eron bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilyapti va Amerikaga berilyapti, Amerika ularni Isroilga beryapti.
Shavkat Ikromov: Donald Tramp may oyida Yaqin Sharq bo‘ylab turni amalga oshirdi: Saudiya, BAA va Qatarda bo‘ldi. Katta investitsion shartnomalar imzolandi. Arablar pulni shuncha berib yubormaydi, ular o‘z shartlarini qo‘ygan. Xavfsizlik kafolatlari ham ana shu shartlar jumlasidan. Agar AQSh arab davlatlaridagi bazalaridan turib Eronga hujum uyushtirsa, Eron javob qaytaradi va bu davlatlarning xavfsizligiga berilgan kafolat buziladi. Arab davlatlari o‘zlari xohlamagan holda urush girdobiga tortilgan bo‘ladi.
Shuning uchun ham AQSh arab davlatlaridagi bazalaridan Eronga hujum qilishi ehtimoli juda kam. Buni Qo‘shma Shtatlardagi yetakchi ekspert markazlari ham aytib kelmoqda.
Arab davlatlaridagi bazalardan Eronga hujum bo‘lgan taqdirda, javob zarbasi Yamandagi husiychilar tomonidan ham bo‘lishi mumkin. Ular shunday bayonotlar berishgan.
Suhbat davomida tahlilchilar Isroil–Eron urushi atrofidagi boshqa mavzular yuzasidan ham so‘z yuritishdi. To‘liq suhbatni Kun.uz'ning YouTube kanalida tomosha qiling.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nyu-York meri lavozimiga nomzod Trampning «Katta ajoyib qonuni»ni talonchilik deb atadi
Jahon | 07:40
-
Shanhayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi
O‘zbekiston | 07:28
-
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 22 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi
Jahon | 07:26
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

23:34 / 04.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi

18:56 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi

18:50 / 04.07.2025
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi

13:56 / 04.07.2025