Xitoyda Osiyodagi eng yirik litiy koni topildi
Unda million tonnaga yaqin litiy borligi ta’kidlanmoqda. Bu elementdan batareyalar, quyosh panellari va elektromobillarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasi Yajiang shahrida million tonnaga yaqin litiy rudalari topildi. Bu konni pegmatit tipidagi monomer litiy rudalarining Osiyodagi eng yirik manbasiga aylantirdi, deb xabar berdi Sinxua agentligi Xitoy tabiiy resurslar vazirligi bayonotiga tayanib.
Litiy batareyalar, quyosh panellari va elektromobillarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy manbalardan biridir. Xitoy, o‘z navbatida, litiyni qayta ishlash bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Bu mamlakat global litiy ishlab chiqarishning qariyb 60 foiz ulushiga ega.
2023 yil iyul oyida Xalqaro energiya agentligi elektromobillar, shamol turbinalari, quyosh panellari va boshqa ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan metallar va minerallar bozori so‘nggi besh yil ichida ikki baravar ko‘payganini xabar qildi. Shu bilan birga, litiyga bo‘lgan talab uch barobar oshdi.
Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, Xitoy innovatsion energetika va transport, yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish, harbiy sanoat va boshqalar uchun zarur bo‘lgan nodir yer elementlarini qazib olishga investitsiyalar bo‘yicha G‘arb davlatlaridan allaqachon sezilarli darajada oldinda. Iyul oyida Amerikaning Goldman Sachs investitsiya banki G‘arb davlatlari bu borada Xitoyga yetib olish uchun sohaga kamida 25 milliard dollar sarmoya kiritishi kerakligini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
22:57 / 05.12.2024
Xitoy Tayvanga ko‘rsatayotgan harbiy yordami uchun AQShga qarshi yangi sanksiyalar qo‘lladi
21:12 / 03.12.2024
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi
17:28 / 03.12.2024