Jahon | 09:43 / 19.01.2024
2513
2 daqiqa o‘qiladi

Mingga yaqin rossiyalik Latviyadan deportatsiya qilinishi mumkin

985 nafar rossiyalikka mamlakatni tark etish yoki Latviyada qolish maqomini tartibga solish talabi bilan xat yuborildi, dedi migratsiya idorasi rahbari Mayra Roze.

Foto: Nicole Meißner/DW

Latviyada yashovchi mingga yaqin rossiyaliklar migratsiya idorasidan ikki hafta ichida mamlakatni tark etish yoki amaldagi qonunlar asosida yashash maqomini tartibga solish talab qilingan xat oldi. Aks holda, ular deportatsiya qilinishi mumkin, dedi Fuqarolik va migratsiya masalalari departamenti (FMMD) rahbari Mayra Roze 17 yanvar kuni kechqurun milliy televideniyeda.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bu hozirda 985 kishiga tegishli. Aprel oyida ularga yana 2500 nafar rossiyalik qo‘shilishi mumkin. Agar ular xatga javob bermasa, FMMD xodimlari ularning oxirgi yashash joyiga tashrif buyuradi, dedi Roze. Agar bu odamlar u yerda yashamayotgan bo‘lsa, idora ularni allaqachon Latviyani tark etgan deb hisoblaydi. Qolganlarning hammasi mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi.

Latviyaning immigratsiya to‘g‘risidagi yangilangan qonuni

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan so‘ng, Latviya hukumati chet elliklarning mamlakatda bo‘lishini tartibga soluvchi qonunchilikni o‘zgartirdi. Yangilangan immigratsiya qonuniga ko‘ra, 2023 yil sentabrida Rossiya fuqarolariga doimiy yashash uchun berilgan ruxsatnomalar o‘z kuchini yo‘qotdi.

Latviyada yashash uchun ular Yevropa Ittifoqining doimiy rezidenti maqomini olishga ariza topshirishi kerak va buning uchun FMMDga Latviya tilini A2 darajasida bilishini tasdiqlovchi hujjat va moliyaviy manbalar sertifikatini taqdim etishi kerak.

Latviyada yashash maqomini tartibga solishni boshlagan Rossiya fuqarolariga davlat tili imtihonini topshirish va doimiy yashash uchun ruxsatnoma olishga ikki yil muddat berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid