Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston va Eron keskinlikni pasaytirishga kelishib oldi - OAV
Har ikkala davlat bir-birining hududiga raketa zarbasini berganidan so‘ng, munosabatlarda keskinlik ortgan edi.
Foto: Reuters
Pokiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Eron bilan diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklashga qaror qildi, deb yozdi Reuters o‘z manbasiga tayanib.
Bundan sal oldin Pokiston va Eron tashqi ishlar vazirlari Jalil Abbos Jiloniy va Husayn Amir Abdullohiyon telefon orqali gaplashib, xavfsizlik choralarini muhokama qilgan. Pokiston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, suhbat chog‘ida vazirlar terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan.
Reuters xabariga ko‘ra, diplomatik munosabatlarni tiklash doirasida avval chaqirib olingan elchilar Rizo Amiriy Muqaddam va Muhammad Muddasir Tipu Islomobod va Tehronga qaytadi.
16 yanvar kuni Eron harbiylari Pokistondagi «Jayshul-Adl» baluj terrorchilik guruhi qarorgohiga raketa hujumlarini uyushtirdi. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi hodisani xalqaro huquqning buzilishi sifatida baholadi va elchisini Tehrondan chaqirib oldi.
18 yanvar kuni Pokiston Eronning Seiston va Balujiston viloyatida joylashgan «baluj terrorchilari boshpanalari»ga raketalar va dronlar bilan hujum qildi. Oqibatda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
14:42 / 23.01.2026
Pokistonda qolgan afg‘onlar kompensatsiyadan ko‘ra ko‘chishni afzal ko‘ryapti
20:32 / 22.01.2026