FT: Ukraina 2024 yil yozida Rossiyaning keng ko‘lamli hujumini kutmoqda
Ukraina harbiylari Rossiya Federatsiyasi yozda Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya viloyatlarini to‘liq egallashga harakat qilishi mumkinligini istisno etmayapti.
Rossiya joriy yilning yozidayoq Ukraina bo‘ylab keng ko‘lamli hujum uyushtirishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 19 yanvar, juma kuni Financial Times gazetasi Ukraina harbiy qo‘mondonligidagi manbalarga tayanib xabar berdi. Nashr suhbatdoshlari keng ko‘lamli hujumdan maqsad Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya viloyatlarini to‘liq qo‘lga kiritish bo‘lishini taxmin qilmoqda. Bundan tashqari, ukrainalik harbiylar Rossiya Xarkiv va hatto Kiyevni ham egallab olishga yana bir bor urinib ko‘rishi mumkinligini istisno etmayapti.
Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi yakuniy maqsadi o‘zgarishsiz qolmoqda - «mamlakatni egallab olish va uning xalqini bo‘ysundirish», deb yozadi FT. FT tomonidan ko‘rib chiqilgan AQSh razvedkasining maxfiyligi oshkor etilgan hujjatda aytilishicha, shu sababli Rossiya Ukraina sharqida bir necha yo‘nalishda, jumladan Avdiyivka atrofida, shuningdek, Liman va Kupyansk yo‘nalishida hujumlarini davom ettirmoqda.
Ukraina mudofaaga tayyorlanmoqda
Ukraina siyosatiga aloqador g‘arb rasmiysiga ko‘ra, «2024 yilda ikkala tomonda ham operativ yutuq bo‘lishi dargumon». «Faol mudofaa» strategiyasi - mudofaa chizig‘ini ushlab turish, bir vaqtning o‘zida zaif nuqtalarni qidirish va uzoq masofali havo zarbalarini berish - Ukrainaga bu yil «o‘z kuchlarini ko‘paytirish» va 2025 yilga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi, bunda qarshi hujum yaxshiroq imkoniyat bo‘ladi, dedi FT manbasi.
Nashrning Amerikaning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamidagi uzilishlar jang maydoniga qachon ta’sir qila boshlaydi degan savoliga, Ukraina siyosatiga aloqador yana bir g‘arb rasmiysi shunday javob berdi: «Biz ukrainaliklar kerak bo‘lgan hamma narsaga ega ekanligiga aminmiz».
Vashington, shuningdek, Kiyevni harbiy amaliyotlarga konservativ yondashish zarurligiga ishontirmoqda, deya ta’kidladi FT. Quruqlikdagi hujumlar o‘rniga asosiy e’tibor hududni ushlab turish, pozitsiyalarni mustahkamlash va kelgusi oylarda ta’minot va kuchlarni oshirishga qaratiladi. Ayni paytda, AQShga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari imkoniyat tug‘ilganda Rossiya mudofaasi zaif tomonlarini qidirishda davom etishi mumkin, deb ta’riflaydi FT taktikani.
Mavzuga oid
17:58 / 11.11.2024
Britaniya va Fransiya Baydenni Ukraina Storm Shadow raketalaridan foydalanishiga ruxsat berishga ko‘ndirmoqchi
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
10:47 / 11.11.2024
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
09:00 / 11.11.2024