O‘zbekiston | 11:13 / 20.01.2024
52572
2 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 22-24 yanvar kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-24 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 yanvarda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 23 yanvarda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 24 yanvarda kechasi -2...-7 daraja, kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-23 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 yanvarda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 23-4 yanvarda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida 22 yanvarda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 23 yanvarda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 24 yanvarda kechasi -2...-7 daraja, kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-23 yanvarda +0...+5 daraja, 24 yanvarda -2...+3 daraja, kunduzi 22 yanvarda +12...+17 daraja, 23-24 yanvarda +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid