Senat yaylovlar degradatsiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqarişga hamda atrof-muhitga salbiy ta’siri yuzasidan Hukumatga parlament sörovi yuboradi.
Senat yalpi majlisida ta’kidlanişiça, yaylovlar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bölib, mintaqada ekologik muvozanatni saqlaş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, çorvaçilikni rivojlantiriş hamda aholining turmuş darajasini yaxşilaşda asosiy tabiiy manbalardan biri hisoblanadi. Şu sababli yaylovlarning tabiiy şaroiti, konturlari, tuproği, ulardagi ösimliklar xilma-xilligi, miqdori va suv bilan ta’minlaniş darajasini yaxşilaş talab etilmoqda.
Bugungi kunda 4,2 mln gektar yaylovda geobotanik tadqiqotlar ötkazilib, degradatsiyaga uçragan maydonlarning xaritalari tayyorlangan hamda 420 ming gektar degradatsiyaga uçragan yaylovlarni qayta tiklaş va yaxşilaş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda. Suv bilan ta’minlanmagan 144 ming gektar yaylovda çorva mollarini boqiş imkoniyati yaratilgan. 2022–2023-yillarda şaxtali va tik quduqlar qaziş, nasos stansiyalarini yangidan quriş hamda rekonstruksiya qilişga 40 mlrd söm miqdorida subsidiya mablağlari ajratilgan.

Biroq olib borilayotgan işlar bilan bir qatorda yaylov yerlaridan samarali foydalaniş, ularni nazorat qiliş va degradatsiyaga qarşi kuraşiş böyiça ayrim hal qilinişi lozim bölgan masalalar dolzarbligiça qolmoqda.
Jumladan, respublikaning 21 mln gektar maydonini (umumiy yer maydonining 47 foizini) egallagan yaylovlarning 50 foizidan ortiği turli darajada inqirozga uçraganligi, 11 mln gektar yaylovning tabiiy ravişda yem-xaşak hosil qiliş salohiyati pasayib, yaroqsiz holatga kelib qolgan. Yaylovlarda çorva mollarini almaşlab boqiş tizimi yetarli darajada joriy etilmaganligi va çorva mollari sonining keskin ortganligi bois yaylov yerlari katta bosim ostida qolgan. Buning oqibatida ozuqabop yem-xaşak ösimlik turlari siyraklaşib, yöqolib ketiş darajasiga yetgan.

Şuningdek, yaylovlardagi ösimliklar qoplamining hozirgi holati va degradatsiya jarayonlarini, yaylovlarning xöjalik imkoniyatlarini örganiş va şu asosda yaylovlardan oqilona foydalaniş tizimini işlab çiqiş böyiça ilmiy tadqiqotlar olib borilmayapti. Sohada mutaxassislar tayyorlaş tizimi yölga qöyilmaganligi bois kadrlar yetişmovçiligi yuzaga kelgan. Çöl va yarim çöl hududlarida ixota daraxtzorlarini barpo etiş, inqirozga uçragan yaylov maydonlarini qayta tiklaş işlari amalga oşirilmaganligi tufayli şamol ta’sirida tuproq eroziyasi kuçayib, çang-tözonlarning hosil böliş jadalligi ortib bormoqda.
















