Rossiya mintaqalarining deyarli uchdan ikki qismi maktablar uchun dron sotib olishni xohlayapti
«Vedomosti»ning yozishicha, 1,2 milliard rubllik uchuvchisiz uchoqlar xarid qilish bo‘yicha tenderlar 52 ta hududdagi maktab va kollejlar tomonidan o‘tkazilgan.
Rossiya mintaqalarining deyarli uchdan ikki qismi maktablar uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 19 yanvar, juma kuni «Tenderplan» qidiruv-tahliliy tizimi ma’lumotlariga tayanib, «Vedomosti» xabar berdi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 2023 yilda 52 ta mintaqadagi maktablar va kollejlar (Rossiya Federatsiyasi sub’yektlari umumiy sonining 61 foizi) davlat xaridlari veb-saytida «ta’lim maqsadlarida» uchuvchisiz uchoqlar sotib olish bo‘yicha 1,2 milliard rubl miqdorida tender e’lon qildi. Yil oxirida e’lon qilingan 270 ta davlat xaridlari yarmidan biroz ko‘prog‘i (142) 452,3 million rubl miqdoridagi shartnomalar tuzish bilan yakunlandi. 23,5 million rubllik yana 12 ta tender buyurtmachilar tomonidan bekor qilindi.
Noyabr oyida ta’lim vazirligining xavfsizlik asoslari va vatan mudofaasi bo‘yicha darslarga dronlardan jangovar foydalanishni o‘rganishni joriy etishni nazarda tutuvchi buyrug‘i loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng ta’lim muassasalarida ularni sotib olishga qiziqish ortishi kuzatildi, deb yozadi gazeta.
Maktablar uchun dronlar sotib olish bo‘yicha yetakchi mintaqalar
«Tenderplan» ekspertlari ma’lumotiga ko‘ra, uchuvchisiz uchoqlarni xarid qilish bo‘yicha berilgan tenderlar miqdori bo‘yicha yetakchilar orasida Boshqirdiston (411,5 million rublga 14 ta tender), Moskva (181,5 million rublga 37 ta tender) va Checheniston (74,1 million rublga bitta tender) bor.
2023 yil aprel oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’lim dasturlariga, jumladan, maktablarda dronlarni boshqarish kurslarini joriy etishga chaqirdi. «Ishonchim komilki, birinchidan, bu yigitlarni foydali va qiziqarli ish bilan band qilib, ularni boshqa keraksiz ishlardan chalg‘itadi; ikkinchidan, bu erta kasbga yo‘naltirish, pirovardida mamlakatga foyda keltiradi», — dedi Putin.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024