Rossiyalik tarixçi Mixail Smolinning şov-şuvli çiqişi ortidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Minhojiddin Mirzo Özbekiston aholisini zaharli ğoyalardan saqlaş uçun mamlakatdagi xorijiy davlatlar propagandasiga xizmat qilayotgan barça radio-televideniye kanallar hamda ularning internetdagi saytlarini zudlik bilan çeklaş masalasini körib çiqiş taklifi bilan çiqdi.

«Imperiyaparastlik talvasasi yana turli körinişlarda namoyon böla boşladi. «Yöqsullar dohiysi» Lenin vafotining 100 yilligi munosabati bilan Rossiyaning NTV kanalida uyuştirilgan tok-şouda rossiyalik «tarixçi» Mixail Smolin 1917 yilga qadar özbeklar, qozoqlar va ozarboyjonlar millat sifatida mavjud bölmagan, inqilobdan keyingina ular SSSR nomi bilan paydo bölgan, degan nihoyatda ahmoqona safsatani örtaga taşladi.
Bu bir şaxsning fikrimi yoki rus şovinizmining asl başarasimi? Garçi madaniyatsizlarça va kaltabinlarça bölsa-da, şovinizmning asosiy başarasini körsatuvçi uşbu «siyosiy qaraş» istibdod kişanlarini parçalab, neça ming yillik öz milliy davlatçiligini qaytadan tiklagan el-u yurtlarni mana şunday olçoq ğoyalari bilan ruhan çöktirişga urinişdir. Aks holda ularga bunday media imkoniyat yaratib berilmagan bölardi», – deb yozgan u feysbuk sahifasida.
U uşbu qöştirnoq içidagi tarixçi haqqoniy tarixni juda yaxşi bilişi, lekin uning «şovinizm bilan emlangan tafakkuri» azaldan buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqning kimligini tan olgisi kelmasligini ta’kidlaydi.
«Bobolarimiz neça asrlar mobaynida mintaqada ahil, bahamjihat bölib, buyuk qadriyatlar asosida yaşab kelgan bölsa, bugun ham, ta’bir joiz bölsa, tarix va hayot gardişi, tabiatning özi bizni – butun Markaziy Osiyo xalqlarini aynan ana şunday döstlik va hamkorlik ruhida hayot keçirişga da’vat etmoqda. Bu – tarixiy voqelik!
Ming afsuski, mana şunday tarixiy haqiqatni anglamaydigan yoki anglaşni istamaydigan Mixail Smolinga öxşaganlar bunday qaraşlari bilan bir butun xalqlarni haqorat qilmoqda. Bu keçirilmaydigan va şunçaki «alahsiraş» deb qarab bölmaydigan holdir!» – degan u.
Minhojiddin Mirzo şovinistik propaganda yuzidagi niqobni yirtib, özining haqiqiy başarasini namoyiş qilar ekan, ularning xatti-harakatida faşizmning «qölansa hidi» anqiyotganini ta’kidlagan va şovinistlarning jinoiy harakatlari öz jamoatçiligi tomonidan qöllab-quvvatlanayotganidan taşviş bildirgan.

















