Oxirgi paytlarda rossiyalik propagandaçilar Özbekistonga axborot bilan hujum qilişi qayta-qayta takrorlanyapti. Kuni keça rus tarixçisi Mixail Smolin NTV telekanalidagi çiqişida “inqilobgaça özbek millati bölmagan” deb iddao qildi.
“Masalan, özbeklar inqilobga qadar mavjud emasdi, bunday etnik nom bölmagan. Markaziy Osiyoning bir neçta xalqlarini olib turib, ulardan özbeklar hosil qilingan”, – dedi u.
Xöş, bu kabi oçiqdan oçiq yolğon, provokatsiya va kamsitişlar bilan çiqayotgan rus mafkuraçilari nimani maqsad qilgan? Imperialist tafakkurida qotib qolgan bunday şaxslarga Özbekiston qanday javob qaytarişi kerak? Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi Şerzodxon Qudratxöja bu boradagi öz fikrlarini bildirib ötdi.
— Imperiya degan tuşunça Mixail Smolinning qon-qoniga singib ketgan. E’tibor bering, u “Xalq radiosi”da “Imperatorlik ongi” va “Kitoblar imperiyasi” radiodasturlari muallifi va boşlovçisi, “Imperator uyğonişi” jurnalining noşiri va boş muharriri bölgan. Şuningdek, “Imperatorlik yölidagi oçerklar. 19-asrning ikkinçi yarmi – 20-asrning birinçi yarmidagi noma’lum rus konservatorlari", “Rossiya imperiyasining siri”, “Rus tafakkurining imperator an’anasi ensiklopediyasi” , “Monarxiyami yoki respublika? Qöşnilarga imperator xatlari” kabi kitoblarni yozgan. Asarlaridan tortib işlagan lavozimlari, hatto körinişidan ham imperiya islari taralib turadi (mayli, şaxsiyatiga töxtalmayman). Bu kabi şaxslar öta konservator, eski tuzum qaytişini istaydi. Uni imperiyani tiklaş ideologlaridan biri deyiş mumkin.
Rossiya imperiyasining tarğibotçisiga aylangan Mixail Smolin kabi yuqori, örta va quyi qatlam tajovuzkorlari tomonidan bunday fitnalar doim bölgan. Bir vaqtlar Jirinovskiy janoblari bor edi, ölib ketdi, qutuldik. Bu birinçisi ham, oxirgisi ham emas. Bizda özimizga nisbatan notökislik kompleksi bölişi kerak emas. Bizning tariximizda ham imperiyalar bölgan. Biz ham imperiyalarning merosxörlarimiz. Tarixda özimizning bojxonamiz, xavfsizlik xizmatimiz, tilla tangamiz, diplomatlarimiz mavjud edi – katta imperiya bölganmiz. Biroq bizda imperiyani tiklaş niyati yöq. Hayot qanday siyosat yuritişni talab etayotganini körib turibmiz. Ammo ba’zi davlatlar, xususan, marginal Rossiyada imperiyani tiklaşga istaklar bor. Bunday fitnalarga nisbatan “It hurar, karvon ötar” deb ham qaraşimiz mumkin, lekin şaxsan bunday çiqişlar meni xavotirga soladi.
Birinçidan, bugungi provokatsiyalarda Rossiya imperialistlarining strategik maqsadlari yaşirilganini esdan çiqarmasligimiz kerak. Buning zohirida nima bor? Avvalo, Mixail Smolinning gaplar ortida “
















