Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada salomatligi sababli qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida salomatligi sababli qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Tataristondagi «Remdizel», Krasnodardagi «Mag-Stroy» korxonalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Krasnoyarsk shahrida ishlash maqsadida kelgan fuqaro salomatligi yomonlashgani sababli qiyin ahvolda qolgan. Unga Krasnoyarsk—Toshkent yo‘nalishida aviachipta olib berilib, O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Yekaterinburg va Tulada moliyaviy qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarga yordam ko‘rsatildi. Irkutsk hamda Krasnoyarskda ishlayotgan fuqarolarning pasportlari ish beruvchidan olib berildi.
Mavzuga oid
11:55
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026