Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 1,1 mlrd so‘mlik gaz kondensati o‘g‘irlagan jinoiy guruh ushlandi
Ular xorijiy korxonaga tegishli quvurga yashirincha ulanib, so‘ng undan oqayotgan gaz kondensatini o‘g‘irlashgan.
2024 yil 25 yanvar kuni huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor tadbirda 5 nafar shaxs o‘zaro jinoiy guruh tuzib, Nishon tumani Shirinobod mahallasi hududidan kesib o‘tuvchi “Epsilon Development company” MChJ xorijiy korxonasiga tegishli gaz kondensati quvurini teshib, jo‘mrak o‘rnatish orqali qiymati 17,4 mln so‘mlik 8,9 tonna kondensat yoqilg‘isini o‘g‘irlab chiqqan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoiy guruh tomonidan jami 1,1 mlrd so‘mlik 568,5 tonna gaz kondensati yoqilg‘isi talon-toroj qilingani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 5 nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026