Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi haydovchilik guvohnomasi bilan parvozga ro‘yxatdan o‘tish joriy qilinishi mumkin
Ichki yo‘nalishdagi reyslarga ro‘yxatdan o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarning yakuniy ro‘yxatini idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanmoqda.
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi bilan mahalliy parvozlarga ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va tartiblarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, yangi milliy haydovchilik guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega.
Shu sababli, hozir aeroportlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadigan va yo‘lovchilarga ulardan foydalangan holda ichki yo‘nalishdagi reyslarga ro‘yxatdan o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarning (haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma va boshqalar) yakuniy ro‘yxatini idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanmoqda.
Uzbekistan Airports xabarida bu hujjatlardan parvozga ro‘yxatdan o‘tish uchun qachondan foydalanish mumkinligiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
08:40 / 03.02.2026
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
09:18 / 30.01.2026
1 fevraldan ayrim yoshlarga haydovchilik o‘quv kursi uchun subsidiya beriladi
11:42 / 28.01.2026
1200 dan ortiq odamga soxta “prava” qilib berganlar ustidan tergov ketmoqda
09:58 / 21.01.2026