Osiyo kubogi tarixida ilk marta Markaziy Osiyoning ikki jamoasi chorakfinalga chiqdi
Osiyo kubogi-2023 nimchorakfinal so‘nggi o‘yini doirasidagi Eron – Suriya bahsidan keyin barcha chorakfinalchilarning nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi.
Turnir favoritlaridan biri sifatida sanalgan Eron milliy jamoasi Ektor Kuper boshqaruvidagi Suriya bilan 120 daqiqa davom etgan bahsda 1:1 hisobini qayd etib, penaltilar seriyasida 5:3 hisobida ustun kelgan holda 1/4 finalga yo‘llanma oldi. Bu bosqichda forslar Yaponiyaga qarshi saf tortadi.
Avvalroq, chorakfinalda Tojikiston – Iordaniya, Avstraliya - Janubiy Koreya, O‘zbekiston esa mezbon Qatarga qarshi maydonga tushishi oydinlashgandi.
Qayd etish joiz, Osiyo kubogi tarixida ilk marta Markaziy Osiyoning ikki jamoasi chorakfinalga yo‘llanma oldi.
Osiyo kubogi-2023. 1/4 final juftliklari:
2 fevral (16:30)
Tojikiston - Iordaniya
2 fevral (20:30)
Avstraliya - Janubiy Koreya
3 fevral (16:30)
Eron - Yaponiya
3 fevral (20:30)
Qatar – O‘zbekiston.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston nimchorakfinalda Tailandni mag‘lub (2:1) etgan holda chorakfinalga chiqqandi.
Mavzuga oid
00:19 / 31.01.2024
Osiyo kubogi-2023. Janubiy Koreya Saudiya Arabistonini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi
00:25 / 14.01.2024
Osiyo kubogi. O‘zbekiston turnirni durang bilan boshladi
16:59 / 11.05.2023
Osiyo kubogi-2023ga qur’a tashlandi. O‘zbekiston Avstraliya bilan bir guruhda
22:31 / 14.06.2022