FIFA prezidenti Janni Infantino, OFK rahbari Şayx Salmon Ibrohim qatnaşgan tadbirda ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov, Özbekiston milliy jamoasi sobiq futbolçisi, Osiyoning ikki karra eng yaxşi öyinçisi Server Jeparov, milliy jamoa boş murabbiyi Sreçko Katanets ham iştirok etdi. Özbekiston qur’a taşlaş oldidan 2-savatçadan joy olgandi.
Qur’aga köra, Özbekiston milliy jamoasi «V» guruhidan örin olib, Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan öynaydigan böldi. Okeaniyaliklar Osiyo kubogi-2019 nimçorakfinal Özbekistonni penaltilar seriyasida turnirdan çiqarib yuborişgandi. Katanets şogirdlarida mağlubiyat uçun revanş oliş imkoniyati böladi.
Turnirning oçiliş öyini Qatar va Livan örtasida bölib ötadi.
Osiyo kubogi-2023 qur’a yakunlari: Barça guruhlar bilan tanişing:

Ma’lumot uçun, Osiyo kubogi-2023 2024 yilga köçirilgan bölib, Qatardagi 8ta stadion mezbonlik qiladi. Guruhdan 1-2-örin sohiblari töğridan-töğri nimçorakfinalga yöllanma oladi. Şuningdek, 6ta guruhda eng yaxşi natija qayd etgan 3-örindagi 4ta jamoa ham pley-offga yöl oladi. Turnir 12 yanvardan 10 fevralga qadar bölib ötadi. Guruh bosqiçi 12-29 yanvar kunlari, 1/8 final 31 yanvar, 1-2 fevral kunlari, çorakfinal 4-5 fevralda, yarimfinal 7-8 fevral kunlari, final esa 10 fevralda bölib ötadi.
















