Osiyo kubogi-2023 nimçorakfinali doirasidagi final oldi final deya ta’riflangan Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya bahsi penaltilar seriyasigaça davom etdi.

Şiddatli ötgan bahsning ikkinçi bölimi boşida saudiyaliklar safida zaxiradan maydonga tuşgan Radifning goli Saudiya Arabistoniga Janubiy Koreya ustidan muhim ğalabani keltirişga yaqin edi. Ammo 90+9-daqiqada koreyslarning ketma-ket hujumlaridan biri Çjoning goli bilan yakunladi – 1:1.

Özbekistonlik hakam Ilgiz Tantaşev jamoalarni qöşimça bölimlarga taklif etgaç, 120 daqiqa davom etgan bahsda ğolib nomi aniqlanmadi.

Penaltilar seriyasida esa omad koreyslarga kulib boqdi. Şu tariqa, turnir favoritlaridan biri bölmiş Roberto Mançini murabbiyligidagi Saudiya Arabistoni Osiyo kubogi-2023 bilan xayrlaşdi. Janubiy Koreya esa Avstraliya, Tojikiston, Qatar, Iordaniya, Özbekistondan keyin 1/4 finalga çiqqan 6-jamoaga aylandi. Yurgen Klinsmann şogirdlari çorakfinalda 2 fevral kuni Avstraliyaga qarşi maydonga tuşadi.

Osiyo kubogi-2023. Nimçorakfinal

Saudiya Arabistoni – Janubiy Koreya 1:1. Penaltilar seriyasi: 2:4

Gollar: 1:0 – 46 Radif, 1:1 – 90+9 Çjo.

Saudiya Arabistoni – Al-Kassar, Abdulhamid, Al-Avjami, Al-Bulayxi, Tombakti, Al-Bureyk, Kanno, Al-Haybari, Ad-Dosari (Al-Muvallad, 72), Ad-Dosari (Ğarib, 84), Aş-Şahri (Radif, 46).

Janubiy Koreya – Çjo Xen U, Kim Txe Xvan, Kim Yen Gvon, Çjon Sin Xen (Pak Yen U, 64), Kim Min Çje, Sol Yen U, Li Çje Son (Çjo Gyu Son, 64), Xvan In Bom, Li Kan In, Çjon Vu Yen (Xvan Xi Çxan, 54), Son Hyon Min.

Ogohlantirişlar: Kim Yen Gvon (49).